- info@brrsulaymon.com
- Dushanba - Shanba 09:00 - 18:00
Ishlab chiqarish quvvati, dillerlar tarmog'i va eksport yo'nalishlari
Brend tarixi 2020-yilda atigi 2 kishi va 2 xil mahsulot bilan yo‘lga chiqqan korxonamiz, bugun 300 dan ortiq xodim va 50 dan ortiq mahsulot turini ishlab chiqarayotgan yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi. Yillik ishlab chiqarish hajmimiz 120 million donani tashkil qiladi, shundan 50 millioni sim yuvgich, 70 millioni esa gupkalar.
Mahsulotlarimiz orqali tozalik madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish — har bir mijozga sifatli, bardoshli va qulay tozalash vositalarini taqdim etish.
Yuqori sifatli sim yuvgichlar — 10, 13, 17 mikron, NEJ 100%, zanglamas xususiyatga ega.
Turli zichlikdagi gupkalar — 15 dan 26 gacha zichlikda, standart va g‘ovakli (pori) turlarda.
xIndividual buyurtmalar — Siz hohlagan dizayn, o‘lcham va materialda ishlab chiqaramiz.
Mahsulotlarimiz O‘zbekistonning barcha hududlarida mavjud!
Sim yuvgich — zanglamas po'lat simdan spiral shaklda o'ralgan idish yuvish vositasi. Sim qalinligi mikronda o'lchanadi: 13 mikron nozik idish uchun, 16-17 mikron esa kuygan qozon va skovorodka uchun mo'ljallangan. To'g'ri tanlangan sim yuvgich idishni tirnamaydi va o'rtacha 3-4 hafta xizmat qiladi.
Gupka — poliuretan ko'pikdan tayyorlangan, ustiga abraziv qatlam yopishtirilgan idish yuvish vositasi. BRR Sulaymon Trade gupkalarida oziq-ovqatga yaroqli (food-grade) yelim ishlatiladi, shu sababli qatlamlar suvda ajralmaydi va idishga zararli modda o'tmaydi.